Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Халқ депутатлари Жиззах вилояти Кенгашининг еттинчи чақириқ ўн тўртинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари Жиззах вилоят Кенгашининг Коррусияга қарши курашиш ва хавфсизлик масалалари бўйича доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари вилоят Кенгаши депутатлари томонидан ҳудуддаги ер майдонларини компенсация эвазига жамоат эҳтиёжлари учун олиш мақсадида мулк эгалари, ҳудудий кузатув ва компенсация кенгаши аъзолари иштирокида йиғилиш ўтказилди.
янв.21
қилинган ишлар муҳокамада
янв.21
Очиқ мулоқот бўлиб ўтди
янв.21
матбуот анжумани
янв.21
Янгиликлар
янв.21
Сессия иши
янв.21
Муносабат
янв.21
Назорат-таҳлил
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tuman Kengashi deputati Go‘zal Sayitqulova hamda viloyat Kengashi deputati Ro‘ziqul Primqulovlar o‘z saylov okrugida joylashgan mahalla yettiligi vakillari hamda fuqarolar bilan ochiq uchrashuv o‘tkazishdi.

Uchrashuv davomida deputatlar saylovchilar bilan bevosita muloqot qilib, ularning muammo va takliflarini tingladi. Muloqotda mahalla raisi, otinoyilar, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli, nuroniylar va ta’lim muassasalari vakillari faol ishtirok etdi.

🔹 Muhokama etilgan asosiy masalalar:

ichki yo‘llarni ta’mirlash va obodonlashtirish,

mahallani yoritish tizimini yaxshilash,

ishsiz yoshlarni kasbga yo‘naltirish,

ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash.

🎙 Shuningdek, deputatlar o‘zlarining choraklik faoliyati yuzasidan axborot berib, ilgari bildirilgan murojaatlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va natijalar haqida ma’lumot taqdim etishdi.

“Mahalla — jamiyat yuragi. Har bir masala saylovchi bilan birgalikda hal bo‘lishi kerak”, — deya ta’kidladi deputatlar.

Slide 1 of 5