Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Yangiobod tumanida zamonaviy sun’iy qoplamali stadion foydalanishga topshirildi

Yangiobod tumanining Qo‘shqand qishlog‘idagi 11-umumta’lim maktabi hududida umumiy qiymati 1 milliard 348
million 636 ming so‘m bo‘lgan, usti yopiq, zamonaviy va barcha qulayliklarga ega sun’iy qoplamali stadion qurilish ishlari to‘liq yakunlandi va foydalanishga topshirildi.
 

Mazkur sport inshootining ochilish marosimida Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Valijon Xasanov, tuman Kengashi deputati Xolboy Tilakov, tuman rahbarlari, mutasaddi tashkilotlar vakillari, o‘qituvchilar, sportchilar hamda mahalla aholisi ishtirok etishdi.  

Tadbir davomida Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev so‘zga chiqib, yoshlarga sport
bilan shug‘ullanish uchun keng imkoniyatlar yaratish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib o‘tdi. Yangi inshoot yoshlarga sport imkoniyatlarini kengaytirib, yuqori natijalarga erishish yo‘lida mustahkam zamin yaratadi.
 

Slide 1 of 5