Kun tartbida ikkita masala muhokama qilinib, birinchi masala “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yil 1-mavsum yakunlari bo‘yicha g‘olib deb topilgan loyihalarni tasdiqlash va moliyalashtirish masalalari tahlil qilindi.
🔴Unda tuman fuqarolari tomonidan bildirilgan jami 111 ta takliflardan 11 tasi ovoz berish jarayonlarida g‘olib deb topilganligi;
🔴Shuningdek mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan keyingi 12-o‘rinda turgan ID-053475072009 raqamli loyiha 3300 ta ovoz yig‘ib qo‘shimcha tarzda g‘olib dep topilganligi;
🔴O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PQ-264-sonli (https://lex.uz/uz/docs/-7708032) qaroriga asosan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining tashabbusiga ko'ra ID-053474249009 raqamli tuman Sport maktabida 22x42 yopiq suniy qoplamali mini stadion qurish, yugurish yo‘lagiga rezina qoplama yotqizish, sport jihozlari bilan ta’minlash loyihasi g‘olib deb topilganligi ma'lum qilindi.
🔴Muhokama jarayonida deputatlar tomonidan loyihalarning amalga oshirilish mexanizmlari yuzasidan mutasaddilarga qat’iy savollar berildi.
🔴Xalq vakillari mablag‘larni taqsimlash va qurilish ishlarining sifatini ta’minlash borasida o‘z takliflarini ilgari surishdi.
🔴Shuningdek, ayrim loyihalarning ijrosi kechikayotgani va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani bo‘yicha o‘rinli e’tirozlar bildirildi.
🔴Komissiya a’zolari tomonidan har bir so‘mning maqsadli sarflanishi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi.
🔴Yakunda bildirilgan fikrlar inobatga olingan holda, g‘olib loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.