Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-fevraldagi 78-sonli qarori (https://lex.uz/uz/docs/-8063699) ijrosini ta’minlash maqsadida “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish masalasi keng muhokama qilindi.
⚫️Jarqo‘rg‘on tumani Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan aprel-iyul oylarida o‘tkaziladigan ushbu tadbirlar uchun rejalashtirilgan xarajatlar tahlil qilindi. Unda jamg'arma mablag'lari hisobidan 13 ta tadbirlar uchun jami 972 590 000 mln.so'm mablag' ajratilishi ko'rib chiqildi.
⚫️Muhokama davomida deputatlar tadbirlarning tashkiliy darajasi va qamrovi yuzasidan mutasaddilarga savollar berishdi.
⚫️Shuningdek, xalq vakillari tomonidan mablag‘larni sarflashda shaffoflikni ta’minlash va natijadorlikka e’tibor qaratish bo‘yicha hamda ajratiladigan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi yuzasidan doimiy ravishda deputatlik nazorat tadbirlarini olib borish bo'yicha muhim takliflar ilgari surildi.
⚫️Yakunda bildirilgan fikr-mulohazalar inobatga olingan holda, mazkur masalani sessiya kun tartibiga kiritish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.