⚫️4-“Paxtaobod” saylov okrugi aholisining murojaatlari asosida tayyorlangan ushbu so‘rovda hududdagi dolzarb transport masalasi ko‘tarilgan.
⚫️Unda fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida “Jarqo‘rg‘on – Paxtaobod – Uzumzor” yo‘nalishi bo‘yicha muntazam avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish choralari ko‘rilishi so‘ralgan.
⚫️Mazkur masalaning ijobiy hal etilishi hudud infratuzilmasini yaxshilash va aholining uzog‘ini yaqin qilishga xizmat qiladi.