Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Yangiobod tumanida Madaniyat markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

 Joriy yilning 22-noyabr kuni Yangiobod tumanida Madaniyat markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.  

Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev, tuman Kengashi deputatlari, Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Sahobiddin Boliyev, viloyat Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i, tuman tashkilot rahbarlari, keng jamoatchilik
vakillari, madaniyat va san’at xodimlari, shuningdek yoshlar ishtirok etishdi. 

Yillar davomida kapital ta’mirga muhtoj holatda bo‘lgan mazkur Madaniyat markazini ka’pital ta’mirlash uchun Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining 2025-yil 1-martdagi VII-6-37-3-54-K/25-sonli qarori bilan 1,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. 

Ushbu mablag‘ evaziga bino qisqa muddat ichida rekonstruksiya qilinib, zamonaviy talablar asosida foydalanishga topshirildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida Madaniyat markazi sahna jihozlari, yoritish va ovoz kuchaytirish moslamalari, to‘garak xonalari bilan ta’minlandi.

Slide 1 of 6