Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Muammoni xal etish choralari belgilandi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda “Atrof- muhitni asrash va “Yashil iqtisodiyot” yili” davlat dasturi doirasida mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholi uchun sog‘lom va qulay muhit yaratish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom etmoqda.

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Saidazimxon Azizov “Sahovat” MFY aholisi murojaatlariga asosan B. G‘aniyev nomli ko‘chada o‘rganish ishlarini amalga oshirdi. Aholi murojaatlarida ta’kidlanishicha, mahalla hududidan o‘tuvchi ariq ko‘p yillar davomida tozalanmagani sabab turli chiqindilar bilan to‘lib, sanitariya holati izdan chiqqan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ariq oxirgi marta 2009-yilda tozalangan.

Olib borilgan o‘rganishlar natijasida deputat muammoni tegishli tartibda hal etish maqsadida obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari bilan kelishuvga erishdi. 

Mazkur masala bo‘yicha amaliy choralar belgilab olindi va uni ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3