Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Deputatlik faoliyati

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati R. Karimov, tuman Kengashi deputati J. Otajonov, mahalla raisi A. Babajonovlar ishtirokida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati o‘rganildi. Tashrif davomida aholining kundalik turmush sharoiti, mavsumiy ehtiyojlari va infratuzilma bilan bog‘liq masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. O‘rganish chog‘ida mahallaning kambag‘al va ehtiyojmand toifadagi xonadonlarida qish mavsumiga tayyorgarlik masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, kambag‘al oilalar ro‘yxatida turgan ayrim xonadonlarda qish uchun zarur bo‘lgan ko‘mir zaxirasi yo‘qligi aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan deputatlar tomonidan tezkor choralar belgilanib, mazkur xonadonlarga amaliy yordam ko‘rsatish belgilab olindi. “Varangzon” mahallasining ichki yo‘llari va ularning holati hamda mahalladagi jamoat transporti qatnovi o‘rganildi. Ba’zi chekka ko‘chalarda transport qatnovi yetarli emasligi o‘rganilib, tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi chiqarildi. 

Slide 1 of 1