Янгиликлар

Oltinsoy tumanida faollar yig‘ilishi: Yuksak mukofot – munosib e’tirof

 Oltinsoy tumanidagi “Oqarbuloq” madaniyat markazi zalida tuman faollarining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni tuman hokimi, Xalq
deputatlari tuman Kengashi raisi Bahrom Maxmatrayemov ochib berdi va olib bordi.
 

Yig‘ilish avvalida tuman rahbari yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan faxriy
ustoz, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Habibulla Ismatullayevni yuksak mukofot bilan samimiy tabrikladi. Uning uzoq yillik fidokorona mehnati, ta’lim sohasidagi xizmatlari va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki alohida e’tirof etildi.
 

Bu kabi mukofotlar nafaqat eng munosib shaxslarning mehnatiga berilgan baho, balki yosh avlod uchun ham ibrat maktabi ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
Yig‘ilishda tuman hayotining turli jabhalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.
 

Faollar yig‘ilishi samarali va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.  

Slide 1 of 10