Maktablarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Kengash raisi Niyoz Xazratkulov shahrimizdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari va obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish, isitish tizimlari sozligini sinovdan o‘tkazish hamda maktab hududida obodonlashtirish, daraxt va gul ko‘chatlarni parvarishlash masalalari alohida e’tiborga olindi.
Kengash raisi mas’ullarga kuz-qish mavsumini xavfsiz va samarali o‘tkazish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.