Янгиликлар

DEPUTAT TA’LIM MUASSASASIDA

🔹Uchko‘prik tumanining “Oqsuv” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga “19-Imomboqi” saylov okrugidan saylangan deputat Isroiljon Isaqov ishtirokida kengaytirilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Deputat uchrashuv davomida o‘qituvchi va o‘quvchilarga davlatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar, o‘zgarishlar, ayniqsa, respublikamiz ta’lim tizimidagi yangilanishlar va bu jarayonlarning tumanimiz ta’lim tizimidagi samarasi haqida, shuning bilan birga mamlakatimizda o‘smir-yoshlarga berilayotgan e’tibor hamda imkoniyatlar xususida batafsil ma’lumotlar berdi. 

🔹Davra qatnashchilariga shukronalik kayfiyati ulashildi.

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 1