Янгиликлар

Saylovchilar bilan uchrashuv

Bandixon tumani “Chinor” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 44-sonli maktabda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati U.Jumayev ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida U.Jumayev deputat sifatida “Chinor” mahalla fuqarolari yig‘ini aholisining muammolarini o‘rganish va ularning ijrosi yuzasidan yechim topishda ularni doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini aytib o‘tdi. Shuningdek, mahalla hududida amalga oshirilayotgan davlat dasturlaridan samarali foydalanish, aholining talab va ehtiyojlarini inobatga olgan holda qarorlar qabul qilish zarurligini ta’kidladi.

O‘tkazilgan uchrashuvda mahalla hududidagi ayrim ko‘chalarda ichimlik suvi va yo'l yuzasidan bildirilgan takliflar asosida bu muammolar yuzasidan amaliy yechimlar bo‘lishligi ta’kidlab, aholi tomonidan bildirilgan fikrlar inobatga olinib, kelgusida ularni hal qilish bo‘yicha amaliy yordam berilishi aytildi.

Jumladan bu galgi saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlarda aholining bandligini ta’minlash hamda ularga yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va ularning muhim jihatlari tahlil etildi. Ayniqsa mahalladagi yoshlarni ko‘proq tadbirkorlik hamda tikuvchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan ko‘plab yoshlarning kelgusida faoliyatini yanada qo‘llab –quvvatlash maqsadida ularga imtiyozli ravishdagi kreditlar olishda amaliy yordam ko‘rsatish borasida chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida aholi tomonidan bildirilgan fikrlar inobatga olinib, kelgusida ularni hal qilish bo‘yicha amaliy yordam berilishi aytildi.

Slide 1 of 8