Янгиликлар

Deputat va partiya vakillari tomonidan aholi murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi

Uchrashuv davomida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari, kommunal xizmatlar ko‘rsatishdagi muammolar va u hududda hech qanday kuzatuv kameralari mavjud emasligi sababli, tartib-intizom buzilishlari, chiqindi tashlash, tungi vaqtlarda shovqin-suron kabi holatlar kabi masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, aholining bandligi, yoshlar va ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘rsatilayotgan yordamlar holati ham o‘rganildi.

Tegishli muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda joyida muhokamalar olib borilib, ayrim masalalarga joyida yechim topildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha esa qonun doirasida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.

Mazkur o‘rganish ishlari, avvalo, aholining murojaatlariga befarq bo‘lmaslik, ularning muammolariga amaliy yechim topish hamda joylarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan. Deputat va partiya vakillari murojaatlar ijrosi yuzasidan nazoratni davom ettirishini ta’kidladilar.

Slide 1 of 3