Yig‘ilishda tuman Kengashi deputati Axrorjon Ibodullayev, maktab direktori I.Najmiddinov hamda mahalla xotin-qizlar faoli N.Burxonovalar ishtirok etdilar
⏩ Yig‘ilish kun tartibida 2024-2025 o‘quv yili yakunlari, yangi o‘quv yilidagi istiqbol rejalar, o‘quvchi qizlarning ta’limi va tarbiyasi, xavfsizligi, ularning ilm-fan va kitob o‘qishga qiziqishlarini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, suhbat davomida maktab rahbari va taklif etilganlar tomonidan qizlarning maktabga belgilangan formada kelishlari bo‘yicha ham tushuntirish ishlari olib borildi.
⏩ Ota-onalar tomonidan qator taklif va fikrlar bildirilib, hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi. Yig‘ilish samarali va mazmunli tarzda o‘tdi.