Янгиликлар

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati Asqarali Odilov Boyovut tumani "Ijodkor", "Madaniyat" va "Sohil" mahallalarida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etdi.

Uchrashuv davomida maktablarda ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, o‘quvchilarga yaratilayotgan shart-sharoitlar va muammoli jihatlar atroflicha muhokama qilindi. Aholi tomonidan berilgan savol va murojaatlar tinglanib, deputat tomonidan ularning har biriga batafsil javob berildi.

Shuningdek, fuqarolarning taklif va tashabbuslari yozib olindi hamda ularni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Uchrashuv jarayonida aholining faolligi yuqori bo‘lib, ko‘plab ijobiy tashabbuslar ilgari surildi.

Slide 1 of 3