Boyovut tumani "Ma'naviyat" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolardan biri tomonidan kadastr masalasiga oid murojaat kelib tushdi. Murojaatda bir hovlini teng ikkiga bo‘lish haqida so‘z yuritilgan.
Mazkur murojaat yuzasidan tuman Kengashi deputatlari Xusnara Berdiyarova, Alibek Amanlikov hamda Xurshid Jo‘raxolovlar fuqaroning xonadoniga borib, joyida o‘rganish olib bordi. O‘rganish jarayonida holat atroflicha ko‘rib chiqilib, masala yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda qonuniy tartibda hal etilishi bo‘yicha yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tildi.
Deputatlar tomonidan fuqaroning murojaati nazoratga olinib, masalaning ijobiy hal etilishi uchun mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.