↔️ Uchrashuvda deputat yoshlarga mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish, o‘quvchi-yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularda zamonaviy kasb-hunarlarni egallash uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida atroflicha tushuntirish berdi. Shuningdek, yoshlarga ma’naviy-ma’rifiy tarbiya, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda ularni kelgusida Vatan ravnaqi yo‘lida faol bo‘lishga undovchi fikrlar bildirildi.
↔️ O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ta’lim tizimidagi yangiliklar va kelgusidagi rejalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini ham bildirib o‘tdilar.