Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Moxiraxon Qoraboyeva va Mashxuraxon Sulaymonovalar tumanda Tashabbusli budjet loyihasida go‘lib bo‘lgan tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy shifoxonaning Quyi Yakkatut mfyda joylashgan 2-Terapiya bo'limi hamda tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli ko'p tarmoqli markaziy poliklinikaning So‘filar mfyda joylashgan So'filar OSHP binosida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.
Shuningdek,ta’mirlash jarayonlari o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar mas’ullarga ko‘rsatildi va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.