Deputatlik nazorati natijasida ta’mirlash ishlari boshlandi
Toshkent viloyati deputati Muxsiddin Nizomiddinov saylovchilar bilan uchrashuvlar davomida hududlarda aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganib, ularni bartaraf etish bo‘yicha muntazam choralar ko‘rib kelmoqda.
Shu jarayonda, 2025-yil 22-iyul kuni Parkent tuman hokimligiga yuborilgan 32-ds-445-25-sonli deputatlik so‘roviga asosan, Fayzobod MFY Mustaqillik ko‘chasida oqava tarmog‘i o‘tgan qismida asfalt cho‘kib ketgani masalasi ko‘tarilgan edi.
Mazkur murojaat deputatlik nazorati ostiga olingan bo‘lib, hozirda mas’ul tashkilot tomonidan yo‘l qoplamasini qayta ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi. Fayzobod MFY raisi – Omil O‘roqov bevosita nazorat qilib bormoqda. Ushbu ishlarning sifatli va tezkor amalga oshirilishi natijasida aholi uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratiladi.
Deputat tomonidan jarayon to‘liq yakuniga yetguniga qadar deputatlik nazorati davom ettiriladi.