Янгиликлар

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Deputat 14- va 16-maktablarda bo‘lib, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Xususan, 14-maktab sport zalining isitish tizimi ta’mirga muhtoj ekani aniqlandi.

Shuningdek, "Ozodlik" mahallasida yashovchi 1969-yilda tug‘ilgan fuqaro G.Andaqulovaning xonadonida bo‘ldi. G.Andaqulova 1-guruh nogironi bo‘lib, qandli diabetning og‘ir turidan aziyat chekmoqda. Unga oyoqlarida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi zarur.

Bundan tashqari, Z.Nazarovaga jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun yordam so‘rab, uning onasi D.Nazarova murojaat qildi.

Deputat 9-umumiy shifokorlik punktida ham bo‘lib, qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Ammo mas’ullardan hech kim yo‘qligi bois batafsil ma’lumot olishning imkoni bo‘lmadi.

Slide 1 of 6