O‘zbekiston Ekologik partiyasi Taxtako‘pir tumani Kengashi hamda Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashi deputati A.Pirjanova hamkorligida tumanning “Qaraoy” OFY hududida joylashgan 36-sonli qishloq oilaviy poliklinikasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekologik reyd tashkil etildi.
Reyd davomida bog‘ning umumiy holati, daraxtlarni parvarishlash va sug‘orish ishlari o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil bahor mavsumida hududga 300 tup mevali va manzarali daraxt ekilgan bo‘lib, ular muntazam monitoring qilinmoqda.
Ekologik reydning asosiy maqsadi — atrof-muhitni muhofaza qilish, biologik xilma-xillikni asrab-avaylash, atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish va aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir.