Sessiyada Bogʻot tumanidagi geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash, hududlarni ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan jamoatchilik fikri asosida shakllangan va ovoz berish yakuniga ko‘ra “G‘olib” takliflarga mablag‘ yo‘naltirish hamda kun tartibidagi boshqa masalalar bo‘yicha tegishli ma’sullarning hisobotlari eshitildi.
Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalardan keyin ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror loyihalari tasdiqlandi. Sessiya tuman hokimligining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali jonli translyatsiya qilindi.