Ushbu uchrashuvda tuman ahlisining turli qatlamlariga mansub vakillar ishtirok etib, ularni qiynayotgan masalalar bo‘yicha murojaat qilish imkoniga ega bo‘ldilar.
Qabul davomida:
– Uy-joy va yer masalalari
– Ijtimoiy yordam, ishsizlik,
– Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish,
–obodonlashtirish,
– Kommunal xizmatlar va boshqa muammolar ko‘tarildi.
Fuqarolarning murojaatlari yuzasidan mas’ul tashkilot rahbarlariga joyida aniq va lo‘nda topshiriqlar berildi. Tuman hokimining o‘zi ham ushbu muammolarning ijrosini shaxsan nazorat qilishini ta’kidladi.