#Shoʻrchi_2025
Erta turmush keltirar tashvish
O‘zbekiston XDP Surxondaryo viloyat va Sho‘rchi tuman kengashlari tomonidan tumandagi 2-sonli politekhnikum yoshlari o‘rtasida “Erta turmush – keltirar tashvish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda viloyat va tuman kengashlari xodimlari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda bitiruvchi kurs talabalar ishtirok etishdi. Tadbir tashkilotchilari yoshlarga ertangi nikoh va uning oqibatlari bugungi kunda o‘ta dolzarb muammo hisoblanib, bunday oilalarning aksariyati barqarorligini saqlay olmayotganligi haqida batafsil to‘xtalib o‘tishdi. Yosh oilalarda tibbiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy xabardorlikning yetarli emasligi esa ularda juda ko‘plab ijtimoiy muammolar paydo bo‘lishiga sabab bo‘layotganligi, shuningdek, erta homiladorlik va tug‘ruq davri asoratlari onalar va bolalar o‘limi ehtimolini oshirishi haqida ham so‘z yuritildi.