Partiya Ustavi va Dasturida belgilangan vazifalarni joylarda targ‘ib qilish, Prezidentimiz hamda partiya rahbar organlarining qaror va farmoyishlarida belgilangan maqsad va vazifalarning bajarilishini ta’minlashda alohida namuna ko‘rsatgan boshlang‘ich partiya tashkilotlarini faoliyati ommalashtirib borish;
Partiya safiga yangi a’zolarni jalb etish va partiya tarafdorlari safini ko‘paytirish ishlarini olib borish;
Tuman va shaharlarda boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish, ularni sifat jihatdan yaxshilash, faol boshlang‘ich partiya tashkilotlari sonini ko‘paytirish;
Boshlang‘ich partiya tashkilotlarining partiyadan saylangan barcha pog‘onalardagi deputatlari bilan hamkorlik faoliyatlarini yo‘lga qo‘yilishini ta’minlash;
Partiya Ustavi va Dasturida belgilangan vazifalarni joylarda targ‘ib qilishda alohida jonbozlik ko‘rsatgan hamda aholi o‘rtasida katta hurmat va obro‘ga ega bo‘lgan BPT raislari va partiya faollarini tizimli ravishda partiyaning istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritib borish.
Joylarda partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini amalga oshirishda, aholi muammolarini o‘rganish va ularning deputat guruhlari orqali hal qilishda BPTlarning ishtirokini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.Yig‘ilishda partiya faollari o‘z fikr va mulohazalari takliflarini bildirib o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.