Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 57-sonli qarori ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Amudaryo tuman filiali direktorining hisoboti eshitildi.
Deputatlar tomonidan hisobot tahlil qilinib, amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar bo‘yicha fikr-mulohaza va takliflar bildirildi.