Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri deputat sifatida 11-Guliston saylov okrugidagi Guliston MFY ijtimoiy xodimi faoliyati bilan tanishdi
Tumanimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qoʻllab-quvvatlash, oilalar bilan manzilli ishlash hamda mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni samarali tashkil etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat O.Rajabov oʻziga biriktirilgan 11-Guliston saylov okrugidagi Guliston MFYda boʻlib, mahalladagi ijtimoiy xodimning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Deputat oʻrganish davomida ijtimoiy xodimning ish joyidagi sharoitlari, aholi bilan ishlash tizimi hamda fuqarolarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlab, manzilli yordam koʻrsatish borasidagi faoliyatini koʻzdan kechirdi