#162_Qonun
Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
Xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashi kotibiyat mudiri A.Shokirov hamda tuman Kengashi deputati Sh.Dulonov tuman Kadastr bo‘limida bo‘lib, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib bordi.
O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan foydalanib kelinayotgan yer uchastkalari hamda ularda barpo etilgan bino va inshootlarning huquqiy holati, hujjatlashtirish jarayonlari va qonun talablarining ijrosi tahlil qilindi.
Shuningdek, qonun ijrosini samarali tashkil etish, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda mavjud masalalarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Xalq deputatlari Bulung'ur tuman Kengashi