Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining 9-Zamondosh saylov okrugi deputati N.Ismailova tomonidan “Zamondosh” mahallasida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisining ish faoliyati o‘rganildi.
📋 O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilaviy biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarni daromadli mehnat bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
🤝 Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, imtiyozli kreditlar va subsidiya dasturlari yuzasidan olib borilayotgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari muhokama qilindi.
📌 O‘rganish yakunida aholi bandligini oshirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar samaradorligini yanada kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.