Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 3-Gilambob saylov okrugi deputati Mavlonova Ra’no tomonidan Xomkon mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, subsidiyalar ajratilishi hamda fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.Shuningdek, deputat tomonidan subsidiyalar ajratish jarayonlari, ularning maqsadli va samarali foydalanilishi, murojaatlar bilan ishlash holati hamda sohaga oid hujjatlar va ish papkalari deputat tomonidan ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish, aholining daromad manbalarini kengaytirish va davlat dasturlari ijrosini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha deputat tomonidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.