Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining 9-Zamondosh saylov okrugi deputati N.Ismailova tomonidan tumandagi “Uchqo‘rg‘on” mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati o‘rganildi.

📋 O‘rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ehtiyojmand oilalar bilan olib borilayotgan ishlar, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va manzilli yordamlar holati ko‘zdan kechirildi.

🤝 Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

📌 O‘rganish yakunida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3