35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

KOSONSOYDA “OILALAR MUSTAHKAMLIGINI KAFOLATLAYLIK!” MAVZUSIDA MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI

Kosonsoy tumani Adliya bo‘limida “Oilalar mustahkamligini kafolatlaylik!” aksiyasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati Shahribonu Ramazonova Oila va xotin-qizlar maskani rahbari Ahmadxon Eshonxo‘jaev, “Tagijar” MFY otinoyisi Xadicha Yunusova hamda “Navbahor” MFY nuroniylar kengashi raisi, “Oila va xotin-qizlar maskani” mutaxassisi Osiyoxon Sodiqova ishtirok etdi.

🗣 Tadbir davomida oila muqaddasligi, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va mas’uliyat, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish masalalari haqida atroflicha fikr almashildi.

💬 So‘zga chiqqanlar mustahkam oila — jamiyat taraqqiyoti, farovonligi va kelajak avlod tarbiyasining muhim poydevori ekanini alohida ta’kidladilar.

Slide 1 of 3