Davra suhbatida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati B.S.Jumaniyazov, Afg‘on urushi qatnashchisi, baynalminalchi jangchi O‘.Ibragimov talaba-yoshlarni bayram munosabati bilan tabriklab, bu bayram mamlakatimizda keng nishonlanayotganligi, talaba-yoshlarni ma’nan va jismonan barkamol qilib tarbiyalash, ularda davlatchiligimiz tarixi bilan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otish, vatanparvarlik tuyg‘usini namoyon qilish, ota bobolarimiz qoldirgan madaniy meroslarni asrab-avaylash, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni keng targ‘ib qilish, Vatanimiz va xalqimiz tinchligi hamda osoyishtaligi yo‘lida jonini fido qilgan mard va jasur ajdodlarimiz borasida gapirdilar.
Shundan so'ng talaba-yoshlar oz'larini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va bizning bugungi tinchligimiz, osoyishtaligimiz va Vatanimiz sarxatlarini munosib himoya qilgan sobiq xarbiy xizmatchilarni? qolaversa xozirda o'z xarbiy burchini bajarayotgan xarbiylarni ham tabriklab, ularning mashaqqatli mehnatlarida doim sobitqadam bo'lishlarini tiladilar.