Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Brifing: 2025-yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Deputat - ijtimoiy ko'makka muhtoj oilalar xolidan xabar oldi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi va 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Avlodlarga munosib voris bo‘laylik!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
янв.21
MAHALLA — TARAQQIYOT SARI!
янв.21
ICHKI YO‘LLAR HOLATI TAHLIL ETILDI
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
#МУНОСАБАТ
янв.21
Qaror ijrosi amalda
янв.21
“Республика раҳбарларига шаҳар Кенгаши депутати маъруза қилди”
Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 11-Qo‘lichi saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubov Farxod Maxkamovich “Qo‘lichi” MFY yettiligi bilan hamkorlikda shu mahallada joylashgan Davlat xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan oilaviy maktabgacha ta`lim tashkilotida bo‘lib, muassasada kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari hamda hozirgi kundagi faoliyatini jamoatchlik asosida o‘rgandi. O‘rganishlar davomida ijtimoiy soha ob’ektidagi tabiiy gaz hisoblagichlar va isitish uskunalarining texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi, dudburonlarni tozalanganligi, mavjud gaz quvurlari, uzatish tarmoqlari hamda texnik uskunalar ko‘zdan kechirildi, isitish qozonlari soz xolatda ekanligiga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv-tarbiya xonalari va mashg‘ulotlar maydoni ko`zdan kechirildi. O'rganish davomida kuz-qish mavsumida barqaror faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan ishlar amalga oshirilayotgani ma'lum bo'ldi. Ayrim kamchiliklar bo'yicha masʼullarga tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 6