Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ICHKI YO‘LLAR HOLATI TAHLIL ETILMOQDA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
Президент Ш.Мирзиёевнинг Олий Мажлис ҳамда Ўзбекистон халқига йўллаган мурожаатномаси ҳамда ”2026-2030-йилларга мўлжалланган “Ўзбекистон – 2030” стратегияси лойиҳаси юзасидан жамоатчилик муҳокамаси натижалари бўйича Республика анжумани
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIDAN
янв.21
Urganch shahrida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlandi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
TARG‘IBOT TADBIRI
янв.21
Brifing: 2025-yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Deputat - ijtimoiy ko'makka muhtoj oilalar xolidan xabar oldi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

“Mahallada yangi bog‘ barpo etildi”

Bugun Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 25-Navbahor saylov okrugi deputati Jumavoy Rahmonqulov boshchiligida “Navbahor” mahallasida “Yashil makon” loyihasi doirasida amaliy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda mahalla nuroniylari, va faollari ishtirok etib, hududda yangi yashil maydon — mahalla bog‘ini barpo etish ishlari boshlab yuborildi.

Jarayon davomida turli turdagi manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, mahalla hududining ekologik holatini yaxshilash, aholiga qulay yashash muhitini yaratish hamda yoshlar uchun amaliy ibrat ko‘rsatish maqsad qilingan.

Deputat tomonidan loyihaning ahamiyati, daraxt ekish orqali hududni obodonlashtirish, yashil hududlar maydonini kengaytirish va kelajak avlodga sog‘lom atrof-muhitni qoldirish zarurligi ta’kidlandi.

Mahalla oqsoqollari ham mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, ushbu kabi ezgu ishlarning doimiy davom etishiga ishonch bildirishdi.

“Yashil makon” loyihasi doirasida amalga oshirilgan bugungi tadbir mahalla hayotiga yangi fayz bag‘ishlab, obodonlashtirish ishlariga munosib hissa bo‘ldi.

 Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 5