Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAISHIY CHIQINDILAR BILAN BOG‘LIQ ISHLAR TAHLIL ETILDI
янв.21
ICHKI YO‘LLAR HOLATI TAHLIL ETILMOQDA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
Президент Ш.Мирзиёевнинг Олий Мажлис ҳамда Ўзбекистон халқига йўллаган мурожаатномаси ҳамда ”2026-2030-йилларга мўлжалланган “Ўзбекистон – 2030” стратегияси лойиҳаси юзасидан жамоатчилик муҳокамаси натижалари бўйича Республика анжумани
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIDAN
янв.21
Urganch shahrida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlandi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
TARG‘IBOT TADBIRI
янв.21
Brifing: 2025-yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
Oltinsoy tumanida is gazi bilan bog‘liq favqulodda holatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

 Oltinsoy tumani “Qoratepa” mahallasida joylashgan 17-sonli umumta’lim maktabida is gazi va gaz-havo
aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda holatlarning oldini olish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha aholining va o‘quvchilarning xabardorligini oshirish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. 

Mazkur tadbir Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputati A.Oripov, shuningdek Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputatlari M.Xujanov, A.Mamatmuratov va favqulodda vaziyatlar bo‘limi хodimlari tashabbusi bilan o‘tkazildi. 

Tadbir davomida ishtirokchilarga maishiy gazdan foydalanish qoidalari, isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish, ventilyatsiya tizimlarini muntazam tekshirib turish, shuningdek, is gazi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish tartibi bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. 

Shuningdek, o‘quvchilarga va ularning ota-onalariga is gazi bilan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha eslatmalar tarqatildi. Targ‘ibot tadbiri yakunida aholining xavfsizligini ta’minlash, is gazi bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish — har bir fuqaroning hushyorligi va mas’uliyatiga bog‘liq ekani ta’kidlandi. 

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 10