Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAISHIY CHIQINDILAR BILAN BOG‘LIQ ISHLAR TAHLIL ETILDI
янв.21
ICHKI YO‘LLAR HOLATI TAHLIL ETILMOQDA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
Президент Ш.Мирзиёевнинг Олий Мажлис ҳамда Ўзбекистон халқига йўллаган мурожаатномаси ҳамда ”2026-2030-йилларга мўлжалланган “Ўзбекистон – 2030” стратегияси лойиҳаси юзасидан жамоатчилик муҳокамаси натижалари бўйича Республика анжумани
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIDAN
янв.21
Urganch shahrida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlandi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
TARG‘IBOT TADBIRI
янв.21
Brifing: 2025-yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
Deputat ta’lim muassasalarida o‘rganishlar olib bordi

Deputat ta’lim muassasalarida o‘rganishlar olib bordi

Xususan, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Umurzoq Yarlakabov tomonidan ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari hamda ta’lim sifati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

Dastlab, “Jo‘langar” mahallasida joylashgan 36-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, maktabning isitish tizimi, sinf xonalari, deraza romlari, yoritish vositalari holati va o‘quvchilar davomatini o‘rganildi. Shuningdek, o‘qituvchilarga yaratilgan mehnat sharoitlari ham ko‘zdan kechirildi.

Shundan so‘ng deputat mahalladagi 4-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. U.Yarlakabov ta’mirlash ishlari sifatini nazorat qilish, shuningdek, tarbiyalanuvchilarga xavfsiz va qulay muhit yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 5