Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAISHIY CHIQINDILAR BILAN BOG‘LIQ ISHLAR TAHLIL ETILDI
янв.21
ICHKI YO‘LLAR HOLATI TAHLIL ETILMOQDA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
Президент Ш.Мирзиёевнинг Олий Мажлис ҳамда Ўзбекистон халқига йўллаган мурожаатномаси ҳамда ”2026-2030-йилларга мўлжалланган “Ўзбекистон – 2030” стратегияси лойиҳаси юзасидан жамоатчилик муҳокамаси натижалари бўйича Республика анжумани
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIDAN
янв.21
Urganch shahrida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlandi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
TARG‘IBOT TADBIRI
янв.21
Brifing: 2025-yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
Deputat uchrashuvi

 #deputat_mahallada 

Deputat o‘zi saylangan okrug hududida
navbatdagi uchrashuvlarni o‘tkazdi
 

 Kuni kecha va bugun tumanning
"Yalpoqtepa" MFYga qarashli "Mustaqillik" hamda “Navro‘z"
mahallalarida muhim uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati
Feruza Xolto‘raeva mazkur mahallalar fuqarolari bilan yuzma-yuz muloqot qildi.
 

🔍 Deputat o‘z saylovchilari bilan ikki kun davomida muloqot
olib bordi. Bu aholining muammolarini tizimli o‘rganishga imkon berdi.
 

🔍 Uchrashuvlar davomida fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy
masalalarga doir murojaatlari, taklif va shikoyatlari batafsil tinglandi. Jarayonda
xalq vakili har bir murojaatchiga alohida e’tibor qaratdi.
 

🔍 Murojaatlarni o‘rganish natijasida ularni hal etish bo‘yicha
tegishli chora-tadbirlar rejasi ham belgilab olindi. Muammolarni qisqa muddatda
hal qilish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlarini chiqarish
rejalashtirildi.
 

🔍 Ta’kidlash joizki, Xalq deputatlarining o‘z saylov okruglarida
aholi bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazishi joylardagi dolzarb masalalarni o‘z
vaqtida aniqlash va ularga tezkor yechim topishda muhim ahamiyatga ega. Deputat
Feruza Xolto‘raevaning bu sa’y-harakatlari aholi turmush farovonligini oshirishga
qaratilgan amaliy ishlarning bir qismidir.
 

🔍 Uchrashuvlar yakunida murojaatchilar o‘z muammolariga
e’tibor qaratilgani uchun minnatdorchilik bildirishdi. Bunga javoban deputat murojaatlarning
ijrosi doimiy nazoratida bo‘lishini ma’lum qildi.
  

Slide 1 of 4