Yangiliklar

"Deputat va mahalla yettilik vakillari tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida fuqarolar bilan uyma-uy uchrashuvlar o‘tkazildi"

Hududdagi 18-berk ko‘chada istiqomat qilayotgan Dilorom Soyibboyeva, Feruza Yo‘ldosheva,  Zarqaynar ko‘cha 115-xonadon egasi Zulxumor Hakimova, Uylanish ko‘cha 8-a uy egasi Mirsodiq Ortiqov va boshqalar bilan xonadonma-xonadon yurib suhbatlashdi. 

Bu hududda jami olti mingga yaqin aholi ko‘pqavatli uylarda emas, balki yerlik hovlilarda istiqomat qilishadi. Ayni paytda Davlatimiz rahbarining alohida e’tibori bilan juda katta islohotlar amalga oshirilayabdi. Hovlilarning eski darvozalari o‘rniga yangi, toza taxtalardan o‘ymakorlik usullarida yasalgan naqshinkor eshiklar o‘rnatilgan. Haqiqiy Eski shahar ruhini beradigan relflar ko‘cha devorlarini bezagan. 

Slide 1 of 5