Bugun Urganch shahridagi tibbiyot texnikumi binosida xalq deputatlari shahar Kengashi deputati, “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi D.A.Atayeva ishtirokida “Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim va tarbiya masalalari, shuningdek, ularning kelajak rejalari yuzasidan
fikr-mulohazalar almashildi.
Uchrashuv jarayonida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar va takliflarini bildirdilar. Deputat ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchi-yoshlarning bilim olishi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun zarur sharoitlar yaratish masalalariga alohida to‘xtaldi.
Tadbir samimiy ruhda, ochiq muloqot tarzida o‘tdi.