Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT VA YOSHLAR

O‘zLiDeP viloyat kengashi Yoshlar muammolarini o‘rganish va tadbirkorlikni qo‘llab –quvvatlash bo‘limi tashabbusi bilan Urganch shahridagi 6 - son maktab binosi majlislar zalida “Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati Muborak Jumaniyazova, talabalar hamda partiya faollari ishtirok etdi.

Shuningdek, uchrashuvda boshlang‘ich ta’lim nazariyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Tilavova ham so‘zga chiqdi.

Tadbirda ishtirokchilarga bugungi kunda partiya safidagi yoshlarni faolligi, ularning siyosiy va ma’naviy dunyoqarashlari kengayayotganligini e’tirof etildi.

Uchrashuvda deputat yoshlarga partiyaviy loyixalar va ularda qatnashish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi, deputatlik faoliyati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqda ham so‘z ochdi.

Tadbir yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga deputat tomonidan javob oldilar.

Slide 1 of 1