Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati N.U.Sharipova ishtirokida "Jingavuz" mahallasining keksa nuroniylari bilan "Ta’lim hududi: barcha avlodlar uchun" nomli loyiha mavzusi bo‘yicha Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi FO‘O‘BOXMOB o‘quv kurslari binosida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda turli sohalarda Vatanimiz taraqqiyoti, oilalar mustahkamligi, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib, el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan nafaqa yoshidagi nuroniylar ishtirok qildilar.