Uchrashuv davomida deputat o‘zining 2025-yilning ikkinchi choragidagi faoliyati yuzasidan saylovchilarga batafsil axborot berdi. Axborotda deputatlik faoliyati doirasida amalga oshirilgan ishlar, ko‘tarilgan masalalar, ularning ijrosi hamda doimiy nazoratga olingan holatlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Deputat murojaatlarning ayrimlarini bevosita joyiga chiqib o‘rgandi va amaliy yordam ko‘rsatish choralarini belgiladi. Fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolariga e’tibor qaratilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, saylovchilar o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, bildirilgan taklif va muammolarning e’tiborsiz qolmasligidan mamnun ekanliklarini ta’kidladilar.