Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan joylarda uchrashuvlar tashkil etildi.

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi M.Nurmanova tomonidan joylarda uchrashuvlar tashkil etildi.

Tumandagi “Turkibola” mahallasi hududida joylashgan 64-maktabning o‘qituvchi va o‘quvchilari, Kattaturk oilaviy shifokorlik punkti xodimlari, 34-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi va xususiy bog‘cha pedagog xodimlari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etildi.

Mazkur tadbir doirasida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, axloqiy-me’yoriy qadriyatlarni chuqur singdirish hamda yosh avlodni yot g‘oyalardan asrash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida o‘quvchilarga va davlat xizmatida faoliyat yuritayotgan xodimlarga yurish-turish odoblari, tartib-intizomga rioya qilish, xulq-atvor madaniyati, kiyinishdagi me’yoriy talablar yuzasidan tushunchalar berildi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan bu kabi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlarning muntazam tashkil etilishi yoshlar tarbiyasida, ijtimoiy madaniyatni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 4