Sessiya ishida Uchko‘prik tumanida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasiga yo‘naltirilgan mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-iyundagi “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-222-son qarorining Uchko‘prik tumanida ijrosini ta’minlash yuzasidan 2025-yilning ikkinchi choragi mobaynida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi “Ijtimoiy soha ob’ektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi PQ-118-son qarorining Uchko‘prik tumanida ijrosini ta’minlash to‘g‘risida;
Uchko‘prik tumani mahalliy byudjetining 2025-yil ikkinchi chorak ijrosi haqida;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 6-maydagi “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashishga oid uslubiy tavsiyalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-174-V-son Qarorining Uchko‘prik tumanida ijrosi haqida;
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi doimiy komissiyalarining 2025-yil ikkinchi yarim yillik davr uchun mo‘ljallangan ish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.