Bugun Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashi 11-A.Navoiy saylov okrugidan deputat B.Sangilova tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli “A.Navoiy” OSHPni mukammal ta’mirlash ishlarini nazorat qildi.
4-Furqat saylov okrugidan deputat R.Sheranov Guliston tuman Xotin-qizlar muammolari va ullarning yechimi bo‘yicha takliflar yuzasidan Furqat MFYda o‘rganish olib bordi.O‘rganish davomida Zumrad ko‘chasi 31-uyda yashovchi 2-gurux nogironi Marxabo Isaqova uyini tamirlash uchun mablag‘ so‘ragan va Shifokor ko‘chasi 5-uyda yashovchi Yulduz Abdujabborova farzandini jarroxlik ammaliyoti uchun moddiy yordam so‘rab qilgan murojaatlar o‘rganildi va Ijtimoiy ximoya Agentligi Guliston tuman bo‘limiga deputatlik so‘rovlari chiqarildi.