#deputat_vazifalaridan
✔️ Deputatlar tanqidga sabr-toqat bilan yondashishi, o'ziga nisbatan bildirilgan tanqidiy fikrlarga qo'pollik bilan munosabat bildirishga yo'l qo'ymasligi kerak.
✔️ Deputatlar o'z ishida har qanday masalani erkin jamoaviy muhokama qilish, fikrlar xilma-xilligini hurmat qilish prinsiplariga asoslanishi, nizolarga yo'l qo'ymasligi, kelishmovchiliklarni ochiq fikr almashish orqali bartaraf etish yo'llarini birgalikda izlashi kerak.
Manba: O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 25-martdagi KQ-476-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloq qoidalari.