Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati P.Ro‘ziboyev shaharning Gulchilar mahallasida yashovchi kambag‘al oilalarga tashrif buyurib, ular bilan muloqot jarayonida tibbiy yo‘nalishdagi muammoni joyida hal qildi, shuningdek, boshqa muammoli masalalar yuzasidan huquqiy tushuncha berdi.
Bugun xalq vakili saylov okrugi hududidagi barcha mahallalarda mavjud bo‘lgan muammolar, xato-kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlab, saylovchilarning ishonchini oqlashga harakat qilmoqda.
Har bir murojaat qonun doirasida ko‘rib chiqilib, echim izlanadi. Deputat o‘z faoliyati davomida ana shu muammolarga har tomonlama samarali yechim topishga, saylovchilar ishonchni oqlashga intilmoqda.