Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati P.A.Ro‘ziboyev «Mahalla yettiligi» bilan muloqot davomida “Do‘stlik” mahallasi hududida ekin maydonlarini sug‘orishdagi muammolar yuzasidan aholining jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘lib kelayotgan sug‘orish tizimi (poliv) masalasini tegis’hli tas’hkilotlar bilan birga hal qilishga erishdi.
Bugun xalq vakilidan saylov okrugi hududidagi aholi minnatdor bo‘lmoqda. Xalq ishonchi – yuksak mas’uliyatdir, bugungi kunda har birimizning maqsadimiz - xalq ishonchi va roziligidir – deydi deputat P.Ro‘ziboyev.