Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Muhabbat” mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
“Obod” mahallasida kambag‘al oilalar bilan manzilli ish olib borildi.
янв.21
“Nukus” saylov okrugida aholi muammolari o‘rganildi.
янв.21
«Sayopir» saylov okrugida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Kelajak” markazida sessiya masalasi doirasida o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
“Yoshlik” mahallasida xonadonbay o‘rganish natijasida fuqaro ishga joylashtirildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
«Yakkachikir» mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi fuqaroning muammolari o‘rganildi
DEPUTAT TASHABBUSI VA O‘Z MABLAG‘LARI HISOBIDAN AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA

DEPUTAT TASHABBUSI VA O‘Z MABLAG‘LARI HISOBIDAN AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Toshmatova Xakimaxon tashabbusi bilan Ma’rifat mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Qo‘qon ko‘chasidan o‘tuvchi yo‘lni kesib o‘tgan holda suv oqimini Dambog‘ mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ariqqa yo‘naltirish bo‘yicha amaliy ishlar tashkil etildi.

Mazkur tashabbus doirasida deputat tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan ariqlarni tozalash ishlari yo‘lga qo‘yildi, zarur lotoklar hamda quvurlar xarid qilinib, o‘rnatish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, belgilangan tartibda barcha tegishli tashkilotlardan ruxsatnoma (order) olindi.

Hududda olib borilayotgan mazkur ishlar aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, suv oqimini tartibga solish hamda infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan.

Ishlar deputat hamda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi mas’ulligida amalga oshirilib, jarayonlarga tegishli tashkilotlarning malakali mutaxassislari jalb etilishi belgilangan.

Slide 1 of 6